Ko'pchilik Rustam Yarbekov haqida bu ma'lumotlarni bilmaydi
Rustam Yorbekov — Oʻzbekistondagi taniqli kardiojarrohlardan biri bo‘lib, yurak-qon tomir jarrohligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U yurakdagi murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
-
Ishlayotgan yurakda aortokoronar shuntlash (koronar bypass) operatsiyalarini bajarish bo‘yicha katta tajribaga ega. Ushbu amaliyot yurakning qon bilan ta’minlanishini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
O‘zbekistonda kam invaziv kardiojarrohlik yo‘nalishi asoschilaridan biri sanaladi. Kichik kesmalar orqali bajariladigan zamonaviy operatsion usullarni amaliyotga joriy qilgan. Bu esa bemorlarning tezroq tiklanishiga va operatsiyadan keyingi noqulayliklarning kamayishiga yordam beradi.
-
Murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini bajarishda eng zamonaviy, innovatsion va kam invaziv texnologiyalardan foydalanadi.
-
Tibbiyot rivojiga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik samarali faoliyati uchun “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” unvoni, “Shuhrat” medali hamda “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan.
-
Faoliyati davomida 10 mingdan ortiq yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Shundan 3 mingdan ortig‘i mini dostup orqali bajarilgan kam invaziv operatsiyalardir.
-
Kardiojarrohlikdagi eng murakkab holatlar bilan ishlash tajribasi bilan tanilgan. Ko‘plab mutaxassislar yuqori xavf sababli operatsiya qilishga jur’at etmaydigan bemorlarni ham muvaffaqiyatli operatsiya qilib kelmoqda.