Operatsion xonadagi past harorat shifokorlar uchun qulaylik yaratish uchun emas
Bu bemor xavfsizligini ta’minlashning muhim qismidir.
Ko‘pchilik operatsion xonaga kirganda u yerning sovuqligiga e’tibor beradi. Aslida esa bu harorat maxsus nazorat qilinadi va oddiy sabab bilan emas. Past harorat bakteriyalar va mikroorganizmlarning tez ko‘payishini sekinlashtirishga yordam beradi. Bu esa operatsiyadan keyingi infeksiya xavfini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. ????
Bundan tashqari, operatsiya vaqtida jarrohlik jamoasi bir necha qatlam steril kiyimda, kuchli yorug‘lik ostida va uzoq vaqt davomida ishlaydi. Salqin muhit ularga diqqatni yo‘qotmasdan, ortiqcha qizib ketmasdan va aniq harakat bilan ishlash imkonini beradi.
Operatsion xonadagi har bir detal — yorug‘lik, havo aylanishi, sterilizatsiya va hatto harorat ham — bemor xavfsizligi uchun ishlab chiqilgan tizimning bir qismidir.
Sovuq muhit tashqaridan noqulay tuyulishi mumkin, ammo ichkarida bu qat’iy nazorat, sterillik va himoyalangan sharoit deganidir.
Низкая температура в операционной — это не вопрос комфорта врачей, а важный элемент безопасности пациента.
Многие замечают, что в операционной довольно прохладно. Но такая температура поддерживается не случайно. Холод помогает замедлить размножение бактерий и микроорганизмов, что снижает риск инфекционных осложнений после операции. ????
Кроме того, хирургическая команда работает в нескольких слоях стерильной одежды, под ярким освещением и иногда в течение многих часов. Прохладная температура помогает врачам сохранять концентрацию, не перегреваться и выполнять работу максимально точно.
В операционной каждая деталь имеет значение: освещение, вентиляция, стерильность инструментов и даже температура воздуха — всё это часть системы безопасности пациента.
Снаружи холод может казаться дискомфортным, но внутри это означает контроль, стерильность и защищённые условия для пациента.
71 209-03-03