American Hospital — Центр сердечно-сосудистой хирургии
18 мая 2026

Ko'pchilik Rustam Yarbekov haqida bu ma'lumotlarni bilmaydi

Rustam Yorbekov — Oʻzbekistondagi taniqli kardiojarrohlardan biri bo‘lib, yurak-qon tomir jarrohligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

Ko'pchilik Rustam Yarbekov haqida bu ma'lumotlarni bilmaydi

 Rustam Yorbekov — Oʻzbekistondagi taniqli kardiojarrohlardan biri bo‘lib, yurak-qon tomir jarrohligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U yurakdagi murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

  • Ishlayotgan yurakda aortokoronar shuntlash (koronar bypass) operatsiyalarini bajarish bo‘yicha katta tajribaga ega. Ushbu amaliyot yurakning qon bilan ta’minlanishini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.

  • O‘zbekistonda kam invaziv kardiojarrohlik yo‘nalishi asoschilaridan biri sanaladi. Kichik kesmalar orqali bajariladigan zamonaviy operatsion usullarni amaliyotga joriy qilgan. Bu esa bemorlarning tezroq tiklanishiga va operatsiyadan keyingi noqulayliklarning kamayishiga yordam beradi.

  • Murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini bajarishda eng zamonaviy, innovatsion va kam invaziv texnologiyalardan foydalanadi.

  • Tibbiyot rivojiga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik samarali faoliyati uchun “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” unvoni, “Shuhrat” medali hamda “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan.

  • Faoliyati davomida 10 mingdan ortiq yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Shundan 3 mingdan ortig‘i mini dostup orqali bajarilgan kam invaziv operatsiyalardir.

  • Kardiojarrohlikdagi eng murakkab holatlar bilan ishlash tajribasi bilan tanilgan. Ko‘plab mutaxassislar yuqori xavf sababli operatsiya qilishga jur’at etmaydigan bemorlarni ham muvaffaqiyatli operatsiya qilib kelmoqda.

Смотреть публикацию в Instagram

Запись на приём

Запишитесь на консультацию кардиолога

Оставьте заявку — администратор перезвонит, подберёт удобное время и подскажет, какие обследования понадобятся. Приём ведут врачи международного уровня.

Онлайн-запись