American Hospital — Yurak-qon tomir jarrohligi markazi
RU UZ
18 May 2026

Ko'pchilik Rustam Yarbekov haqida bu ma'lumotlarni bilmaydi

Rustam Yorbekov — O'zbekistondagi taniqli kardiojarrohlardan biri bo'lib, yurak-qon tomir jarrohlik sohasida ko'p yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

Ko'pchilik Rustam Yarbekov haqida bu ma'lumotlarni bilmaydi

 Rustam Yorbekov — O'zbekistondagi taniqli kardiojarrohlardan biri bo'lib, yurak-qon tomir jarrohlik sohasida ko'p yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U yurakdagi murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

  • Ishlayotgan yurakda aortokoronar shuntlash (koronar bypass) operatsiyalarini bajarish bo'yicha katta tajribaga ega. Ushbu amaliyot yurakning qon bilan ta'minlanishini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.

  • O'zbekistonda kam invaziv kardiojarrohlik yo'nalishi asoschilaridan biri sanaladi. Kichik kesmalar orqali bajariladigan zamonaviy operatsion usullarni amaliyotga joriy qilgan. Bu esa bemorlarning tezroq tiklanishiga va operatsiyadan keyingi noqulayliklarning kamayishiga yordam beradi.

  • Murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini bajarishda eng zamonaviy, innovatsion va kam invaziv texnologiyalardan foydalanadi.

  • Tibbiyot rivojiga qo'shgan hissasi va ko'p yillik samarali faoliyati uchun “Sog'liqni saqlash a'lochisi” unvoni, “Shuhrat” medali hamda “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan.

  • Faoliyati davomida 10 mingdan ortiq yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Shundan 3 mingdan ortig'i mini dostup orqali bajarilgan kam invaziv operatsiyalardir.

  • Kardiojarrohlikdagi eng murakkab holatlar bilan ishlash tajribasi bilan tanilgan. Ko'plab mutaxassislar yuqori xavf sababli operatsiya qilishga jur'at etmaydigan bemorlarni ham muvaffaqiyatli operatsiya qilib kelmoqda.

Instagramdagi postni ko'rish

Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026. Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.

Qabulga yozilish

Kardiolog maslahatiga yoziling

Ariza qoldiring — administrator qayta qo'ng'iroq qiladi, qulay vaqtni tanlaydi va qanday tekshiruvlar kerak bo'lishini aytib beradi. Qabulni xalqaro darajadagi shifokorlar olib boradi.

Onlayn yozilish