Bemorlar uchun
Bemorlarimiz fikrlari
Bizga yuragini ishonib topshirgan va odatiy hayotiga qaytgan insonlar hikoyalari.
7
e'lon qilingan fikr
1500+
yurak operatsiyasi
Meni yoshim 83 da. 25 yildan beri bosh aylanishidan aziyat chekaman. Ko'p joylarda davolandim. Hech foydasi bo'lmadi, kamdan-kam bo'ldi. Bu yerga keldim, juda-juda xursandman shifokorlarning muomalasidan, ularning bilimidan. Allohim ularga kasb-kori hamisha rivoj bersin. Ta'ni jonlari sog‘ bo'lsin. Men hozir juda yaxshi his qilyapman. Mana qon bosimim ham tushdi, boshim aylanishi avvalgidek yo'q, bunchalik darajaga etib kelaman deb hech o'ylamagan edim. American Hospitaldan juda ham mamnunman.
Assalomu alaykum, azizlar. Mana shu klinikada, American Hospitalda ishlaydigan shifokorlarni maqtashdi. Rustam aka, Maqsudjon va Javohirni — hammalarini juda zo'r, birgalikdagi jamoa tashkil etilgan, deyishdi. Keyin ikkilanmay shu yerga keldik. Ular kerakli tekshiruvlarni o'tkazishdi. Bokovoy metod bilan AKSh qilindi. Tezroq oyoqqa turishga imkon beradigan usulda operatsiya qilishdi. Operatsiyadan yaxshi chiqdim. Allohga shukr, holim yaxshi. Shu jamoaga alohida yana bir marotaba minnatdorchilik bildiraman.
American Hospital klinikasida 2023 yilda stent qo'ydirdim. Kelganimda infarkt holatida edim. Shifokorlar tavsiyasiga ko'ra shu yerga kelib davolandim. Stent qo'yishdi. Jumanov Rustam ismli yigit Xorazmlik. Yaxshi tajribali shifokor ekan. O'sha paytda menga aytishgandi 2 ta qon tomirim berkilgan, bittasidan 20% bittasidan 1% qon o'tayotgandi deb. 1% lik berkilgan tomirga stent qo'ydirdim. Ozgina vaqtdan keyin yana kelib 20% berkilgan tomirimga ham stent qo'ydirdim. 2025 yil noyabr oyida kelib qayta Jumanov Rustam bilan uchrashdim. Operatsiya yengil o'tdi. Kecha stent qo'yishdi, bugun mana chiqib ketish arafasidaman. Hammasi chiroyli bo'ldi. Shifokorlarga rahmat
Ajoyib klinika, ajoyib mutaxassislar. Narxlar albatta o'rtachadan yuqori, lekin sabab tushunarli — servis shahardagi eng yaxshi xizmatlardan biri. Bu qabul va uning davomiyligi, hamda diagnostika uchun zarur jihozlarga ham taalluqli — har bir kabinetda hamma narsani darhol ko'rib chiqishadi, o'lchashadi, tekshirishadi (rayon poliklinikada bunaqa ishlar bir necha kun davom etadi, yugurish va kutishlar bilan).
Infarkt o'tkazgandan so'ng menga keyingi kasalliklarning oldini olish uchun qo'shimcha davolanish zarur edi. Shu sababli mutaxassislarga murojaat qilish kerak edi. Men American Hospital shifokorlariga murojaat qildim va menga o'z vaqtida davolanish belgilandi, undan so'ng o'zimni yaxshiroq his qildim.
Yurak kasalliklarini profilaktika qilish va davolash bilan oldindan shug'ullanish kerak. American Hospitalda tahlillar topshirish uchun qulay narxlar va aniq natijalar mavjud. Xodimlarga rahmat!
O'zbekistonda yurak-qon tomir kasalliklarini davolash American Hospital ochilishi bilan aniq yangi darajaga ko'tarildi. Shifokorlarga ularning professionalligi va e'tiborligi uchun rahmat.
Fikr qoldirish
Davolanish tajribangiz haqida aytib bering — bu boshqa bemorlarga tanlov qilishda, bizga esa yaxshiroq bo'lishda yordam beradi.
Qabulga yozilish
Kardiolog maslahatiga yoziling
Ariza qoldiring — administrator qayta qo'ng'iroq qiladi, qulay vaqtni tanlaydi va qanday tekshiruvlar kerak bo'lishini aytib beradi. Qabulni xalqaro darajadagi shifokorlar olib boradi.