American Hospital — Yurak-qon tomir jarrohligi markazi
RU UZ
14 Noyabr 2018

Yurak kasalliklarining e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydigan 5 belgisi!

1️. Ko'krakdagi noqulaylik. Agar ko'kragingiz og'riyapti yoki siqilish, bosim hissi paydo bo'lgan bo'lsa – ehtimol kardiologga ko'rsatish kerak...

Yurak kasalliklarining e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydigan 5 belgisi!

1️. Ko'krakdagi noqulaylik.

Agar ko'kragingiz og'riyapti yoki siqilish, bosim hissi paydo bo'lgan bo'lsa – ehtimol, kardiologga ko'rsatish kerak.

2️. Ko'ngil aynishi, oshqozon kislotasi ortishi, hazm buzilishi va oshqozon sohasidagi og'riq.

Ba'zi bemorlarda bunday muammolar yurak kasalliklarining indikatori bo'lishi mumkin.

3️. Charchoq.

Agar siz tez charchasangiz yoki, masalan, eng oddiy ishdan keyin nafas olish qiyinlashsa (masalan, mashinadan oziq-ovqatni olib kelib nafas ololmasangiz) – shifokorga boring.

4️. Sovuq ter.

Agar o'zingizni kutilmaganda sovuq ter qoplasa va siz tavsiflangan boshqa belgilarni ham his qilsangiz – shifokorni chaqiring, o'zingiz mustaqil ravishda borishga tavakkal qilmang. Bu infarkt belgilar bo'lishi mumkin.

5️. Oyoqlarning shishishi.

Agar yurak qonini keraklicha kuch bilan siqmayotgan bo'lsa, u oyoq tomirlarida to'planib qolishi mumkin, bu esa a'zolarning shishishiga olib keladi.

Sog'lig'ingizga quloq soling!

Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026. Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.

Qabulga yozilish

Kardiolog maslahatiga yoziling

Ariza qoldiring — administrator qayta qo'ng'iroq qiladi, qulay vaqtni tanlaydi va qanday tekshiruvlar kerak bo'lishini aytib beradi. Qabulni xalqaro darajadagi shifokorlar olib boradi.

Onlayn yozilish