Sutkalik EKG monitoringi, Xolter monitoringi, yoki EKGni uzoq muddatli registratsiya qilish — amerikalik biofizik Norman Xolter tomonidan taklif qilingan elektrofiziologik asbobli diagnostika usuli.
Xolter monitoringi — yurak ritmi buzilishlarini aniqlash bo'yicha mashhur usullardan biri. Yurak tez-tez urishi va yurak ishlashida to'xtovlar haqidagi shikoyatlari bor bemorlarga ko'rsatiladi — ritm va yurak o'tkazuvchanligidagi buzilishlarni aniqlash uchun, noaniq hushidan ketishlar (sinkopalar) bilan og'ridayotganlarga, shuningdek qisman “sukut” (og'riqsiz) miokard ishemiyasini qayd etish uchun hamda ba'zi elektrokardiostimulyator parametrlarini baholash uchun.
Tadqiqot 24 soat va undan ko'proq davomida (48, 72 soat, ba'zan 7 kungacha) EKGni uzluksiz registratsiya qilishdan iborat. EKG yozuvi maxsus portativ aparat — rekordyor (registrator) yordamida amalga oshiriladi, bemor uni o'z bilan taqib yuradi (yelkadan kamar orqali yoki belga).
Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026. Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.
