Yurak bilan bog'liq muammolarning e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydigan 8 xavfli belgilari.
⠀
Og'riq qo'lga o'tishi.
Ko'pgina erkaklar yurak xurujidan oldin chap qo'lida og'riqni his qilgan. Ayollar esa ikkinchi qo'lda yoki tirsakda og'riqni his qilishgan.
⠀
Tugatilmaydigan yo'tal.
Yo'tal yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Ayniqsa, agar yo'talganida pushti rangdagi suyuqlik ajralib chiqsa, ehtiyot bo'lish kerak. Ko'pincha yo'tal nafas qisishi yoki to'satdan hushdan ketish bilan birga kuzatiladi.
⠀
Shishgan oyoqlar, to'piq va poyoq.
Agar terida kiyimning izlari qolsa, oyoqlar shishsa yoki shishib ketadigan bo'lsa, bu periferik shishdir.
Ko'plab yurak muammolari bilan bog'liq bemorlarda ushbu belgi kuzatiladi.
⠀
Ko'ngil aynishi va ishtahasizligi.
Ko'pincha bu belgilar qorin og'rig'i bilan birga bo'ladi.
⠀
Ortib borayotgan bezovtalik darajasi.
Bezovtalikka moyil odamlar ko'pincha yurak bilan bog'liq muammolarga duch kelishadi.
Bezovtalik va stress yurak ishiga salbiy ta'sir qiladi.
⠀
To'satdan hushdan ketish.
Bosh aylanish va hushdan ketish — yurak bilan bog'liq eng yaqqol belgilar hisoblanadi.
Bunday holatlarning sababi — arteriyalarning yopilib qolishi yoki klapan torayishi bo'lib, bu organga normal qon quyilishini ta'minlamaydi.
⠀
Terining oqargan yoki biroz ko'klarish rangga kirishi.
Ko'pincha yuz va tana rangining o'zgarishi qon aylanishining yomonlashishi va qon tarkibidagi eritrotsitlar sonining kamayishi bilan bog'liq bo'ladi.
⠀
Toshma va g'ayrioddiy dog'lar terida.
Egzema va opoyasli lishay — yurak kasalliklari rivojlanishi uchun xavf omillari hisoblanadi.
⠀
Agar o'zingizda bitta yoki bir nechta belgilardan aniqlagan bo'lsangiz, ularni e'tiborsiz qoldirmang, shifokorga murojaat qiling, chunki bu Sizning hayotingizni qutqarishi mumkin.
⠀
Va unutmaslik kerakki, profilaktika va yillik tekshiruvlar — yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi usuli.
⠀
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, SSG Choshtepa, MSG Ikbol, ul. Ikbol, dom 14 ( Yunusabad 19 kvartal. Orientirlar: Restoran Zuxriniso va kafe Farrux Fayz )
Telefonlar:
71 209 03 03
71 209 03 15
⠀
Podpisyites na nash kanal:
https://t.me/joinchat/AAAAAEinhXc2TCNdHNtSdw
Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026.
Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.