EKG yuklama bilan yoki stress-test: bu nima?
⠀
Stress-testlar o'tkazilganda yurak sun'iy ravishda kislorodga bo'lgan ehtiyojining oshirilishiga duchor qilinadi va EKG yoki vizualizatsiya usullari yordamida kuzatiladi, bu yurak ishemik kasalligi rivojlanishi — infarkt yuz berishi xavfli bo'lgan ishemiya zonasini aniqlashga yordam beradi.
⠀
Ushbu test nima maqsadda ishlatiladi?
yurak ishemik kasalligini diagnostika qilish;
yurak ishemik kasalligi aniqlangan bemorlarda xavfni stratifikatsiya qilish;
yurak ishemik kasalligi aniqlangan bemorlarni kuzatish.
⠀
Ushbu testlarni o'tkazish uchun absolyut va nisbiy qarshi ko'rsatmalar mavjud.
⠀
Testga qanday tayyorlanish kerak?
testdan ikki soat oldin ovqat, ichimlik yoki chekishni to'xtatish;
hozirda qabul qilib turgan dorilaringiz haqida shifokor bilan maslahatlashish;
qulay kiyim va poyabzal kiyinish;
hamma hal qilinmagan savollar bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish.
⠀
Markazimizda ushbu tadqiqotni professional darajada o'tkaza oladigan tajribali diagnost shifokorlar ishlaydi.
⠀
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, SSG Choshtepa, MSG Ikbol, Ikbol ko'chasi, uy 14 ( Yunusobod 19 kvartal. Belgilar: Restoran Zuxriniso va kafe Farrux Fayz )
Telefonlar:
71 209 03 03
71 209 03 15
⠀
Kanalimizga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/AAAAAEinhXc2TCNdHNtSdw
Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026.
Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.