Qaysi ichimliklarni Sizning yuragingiz yoqtiradi va qaysilaridan nafratlanadi?
Yurak yoqtiradi:
Suv Kuniga kamida 2-x litr toza suv ichish orqali biz qonimizni qalinlashishdan himoya qilamiz. Yurak bunday qonlarni aylantirishdan mamnun bo'ladi, u erta eskirmaydi va ortiqcha charchamaydi.
Yashil choy Xolesterinni normallashtiradi, tomirlarni aterosklerozdan himoya qiladi. ⠀
Qora choy Shakarsiz - qon bosimini pasaytiradi, shakar bilan - ko'taradi. Kuniga 3-x chashka choy ichish mumkin. ⠀
Shiplovnik va boyarshnikdan tayyorlangan ichimlik Boyarshnik tomirlarni kengaytiradi, qon bosimini pasaytiradi, qonda gemoglobin miqdorini oshiradi. Shuningdek, u qondagi shakar miqdorini kamaytiradi. Shiplovnik "yomon" xolesterin miqdorini kamaytiradi, tomirlarga yengillik beradi va qon ivishini tezlashtiradi. ⠀
Quruq mevalardan tayyorlangan ichimlik ( izum, quraga, chernosliv, nok, olma ) Eng avvalo - bu kaliy manbai, u yurak mushagiga juda zarur. ⠀
Yurak uchun zararli: ⠀
Shirin gazli ichimliklar Ular bizning yuragimizning eng katta dushmanlaridir. ⠀
"Foydali" meva sharbatlari Mevani o'zi yeb qo'yish yaxshiroq, sharbat ichishdan ko'ra. Sharbatlarda shakar miqdori juda yuqori. ⠀
O'zingizning yuragingizni asrang Kardiologga profilaktik ko'riklarni unutmayin ⠀
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, SSG Choshtepa, MSG Ikbol, ul. Ikbol, uy 14 ( Yunusobod 19 kvartal.
Yo'nalishlar: Restoran Zuhryniso va kafe Farrux Fayz ) 71 209 03 03 71 209 03 15 ⠀
Kanalimizga obuna bo'ling https://t.me/joinchat/AAAAAEinhXc2TCNdHNtSdw
Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026. Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.
