Koronarografiyaga ko'rsatmalar
⠀
Koronarografiya nima?
Bu selektiv intrakoronar kiritilgan rentgenokontrast modda yordamida koronar (venoz) yurak arteriyalarini rentgenografik tasvirlashning invaziv usulidir.
⠀
Bugungi kunga qadar bu butun koronar to'rning anatomik tuzilishini aniq aniqlash imkonini beruvchi yagona mavjud tadqiqot usulidir.
⠀
Selektiv koronarografiyani o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalarni
kardiolog belgilaydi.
⠀
Qanday ko'rsatmalar mavjud?
- yurak ishemik kasalligi simptomlari, ko'krak qafasidagi og'riq (stenokardiya);
- jag', bo'yin yoki qo'llarga tarqaluvchi ko'krak og'rig'i (va boshqa sabablar bilan izohlanmasa);
- birinchi marta yuzaga kelgan yoki kuchaygan yurak og'rig'i;
- yurak operatsiyasiga rejalashtirilgan holatlar.
⠀
Agar sizga yurak bilan bog'liq bo'lmagan operatsiya belgilangan bo'lsa, lekin operatsiya vaqtida yurak muammolari yuqori xavf ostida bo'lsa, koronarografiya zarur bo'lishi mumkin.
⠀
Koronarografiya uchun shuningdek 3 klinik holat mavjud:
- yurak ishemik kasalligining mavjudligini aniqlash;
- miokardni to'g'ridan-to'g'ri revaskulyarizatsiya usullarini tanlashda;
- davolash natijalarini, koronar aterosklerozning progres yoki regressiyasini baholash uchun.
⠀
Toshkent viloyati, Toshkent tuman, Choshtepa QFY, Iqbol MFY, Iqbol ko'chasi, uy 14 ( Yunusobod 19 kvartal. Yo'nalishlar: Restaurant Zukhriniso va kafe Farrux Fayz )
Telefonlar:
71 209 03 03
71 209 03 15
⠀
Kanalimizga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/AAAAAEinhXc2TCNdHNtSdw
Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026.
Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.