Yurak-qon tomir kasalliklari – zamonaviy dunyoning yana bir epidemiyasi, garchi u yuqumsiz bo'lsa ham.
Yurak muammolari inson salomatligi va hayotiga xavf soladi, lekin ularni erta bosqichlarda aniqlash va o'z vaqtida davolashni boshlash oson.
1. Qon bosimi (arterial bosim)
Agar insonda qon bosimida keskin o'zgarishlar, 150 va undan yuqori qiymatlar kuzatilsa, u insult, infarkt, yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar kabi asoratlar xavfi guruhiga kiradi.
2. Nafas qisishi
Jismoniy yuklamalar paytida yoki, undan ham yomoni, dam olish holatida nafas qisishi yurak yetishmovchiligining rivojlanishidan darak beradi. Bu belgi qanchalik faol bezovta qilsa, shifokor-
kardiologga shunchalik tez murojaat qilish kerak.
3. Yurak ritmida buzilishlar, tez yoki juda sekin puls
Ushbu shikoyatlardan har biri jiddiy kasallik belgisi bo'lishi mumkin, shuning uchun mutaxassisga tashrifni kechiktirmaslik kerak.
4. Bosh aylanishi va hushidan ketish
Hushidan ketish – jiddiy holat bo'lib, u yurak nuqsoni, insult,
aritmiya, qon ketishi, gipoglikemiya va boshqa xavfli holatlarning belgisi bo'lishi mumkin.
Agar yuqorida aytilgan belgilar kuzatilsa, qulay vaqtda shifokorga uchrashuv belgilab, rejalashtirilgan konsultatsiyadan o'tish mumkin, ammo yaqinlaringizda hushidan ketish hollari yuz bersa, kutmay turib tez yordam chaqiring.
5. Ko'krak qafasidagi og'riq
Bu eng xavfli belgi emas, shuning uchun vahimaga tushmaslik kerak. Noqulaylikning haqiqiy sababini aniqlash muhim va bunda shifokor yordam beradi.
Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026.
Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.