American Hospital — Yurak-qon tomir jarrohligi markazi
RU UZ
19 Fevral 2020

Stenokardiya

Bu nima? Bu yurak ishemik kasalligining eng ko'p uchraydigan shakli bo'lib, ko'krak qafasida og'riq hujumlari bilan namoyon bo'ladi.

Stenokardiya

 Stenokardiya

⠀
Bu nima?
Bu yurak ishemik kasalligining eng ko'p uchraydigan shakli bo'lib, ko'krak qafasida og'riq hujumlari bilan namoyon bo'ladi.
⠀
Og'riq odatda jismoniy va hissiy zo'riqish paytida paydo bo'ladi, quyidagi xususiyatlarga ega:
siquvchi;
bosuvchi;
yoquvchi.
⠀
Bu og'riq quyida joylashadi:
ko'krak suyagi ortida;
chap elkadan pastroqda (chap lopatka ostida);
chap qo'lda;
bo'ynida;
pastki jag'da.
⠀
Stenokardiya sabablari:
Eng asosiy sabab - ATEROSKLEROZ (koronar (venoz) arterialarning torayishi, ular yurakni qon bilan ta'minlaydi).
⠀
Hujumni nima keltirib chiqaradi?
jismoniy yuklanishning oshishi;
qon bosimining ko'tarilishi;
hissiy taranglik;
sovuq ta'siri;
chekish.
⠀
Hujum vaqtida nima qilish kerak?
jismoniy yuklanishni to'xtatish;
o'tirgan holatni olish;
til ostiga nitroglitserin tabletkasini qabul qilish;
Agar 5-7 daqiqadan so'ng og'riq o'tmasa, tabletkani takroran qabul qiling va Tez yordamni chaqiring.
⠀
Stenokardiya nima uchun xavfli?
Uzoq davom etuvchi stenokardiya hujumi miokard infarktiga (og'ir va xavfli kasallik) aylanishi mumkin.
⠀
Birinchi og'riq belgilarida darhol mutaxassisga murojaat qilish zarur. Shuningdek, profilaktika maqsadida kardiologga maslahat uchun murojaat qilish tavsiya etiladi.
⠀
Toshkent viloyati, Toshkent r-n, SSG Choshtepa, MSG Ikbol, ul. Ikbol, dom 14 ( Yunusabad 19 kvartal. Orientirlar: Restoran Zukhriniso va kafe Farrux Fayz )
Telefonlar:
71 209 03 03
71 209 03 15
⠀
Kanalimizga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/AAAAAEinhXc2TCNdHNtSdw

Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026. Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.

Qabulga yozilish

Kardiolog maslahatiga yoziling

Ariza qoldiring — administrator qayta qo'ng'iroq qiladi, qulay vaqtni tanlaydi va qanday tekshiruvlar kerak bo'lishini aytib beradi. Qabulni xalqaro darajadagi shifokorlar olib boradi.

Onlayn yozilish