American Hospital — Yurak-qon tomir jarrohligi markazi
RU UZ
Kardiojarrohlik

Yurak klapanlarini protezlash

Og'ir yurak nuqsonlarida shikastlangan klapanni mexanik yoki biologik protez bilan almashtirish.

Yurak klapanlari qonni faqat bitta yo'nalishda harakatlanishini ta'minlaydi: ular har bir qisqarishda ochilib, zich yopiladi. Klapna aparatining og'ir shikastlanishlarida klapanni almashtirish talab qilinishi mumkin — ko'pincha bu mitral va aortal klapanlar.

Protezlar turlari

  • Mexanik — mustahkam va uzoq muddatli. Ularda tromblar hosil bo'lishi mumkinligi sababli bemorlarga qon suyultiruvchi preparatlar (antikoagulyantlar) doimiy asosda buyuriladi.
  • Biologik — hayvon to'qimalaridan yoki donorlik. Odatda doimiy antikoagulyantlar qabul qilishni talab qilmaydi, lekin mexaniklarga nisbatan xizmat muddati qisqaroq bo'ladi.

Qaysi protez aynan bir bemorga mos kelishini kardiojarroh bemorning yoshini, holatini va hayot tarzini hisobga olib aniqlaydi.

Amaliyot qanday o'tkaziladi

Protezlash yoki plastikani bajarishda yondoshuv odatda ko'krak suyagi orqali amalga oshiriladi; operatsiya vaqtida yurak ishini sun'iy qon aylanishi apparati o'z zimmasiga oladi. Aralashuv umumiy anesteziya ostida o'tkaziladi.

Operatsiyadan oldingi diagnostika

Klapnlarni baholashning asosiy usuli — exokardiografiya, murakkab hollarda — transezofageal ExoKG. Operatsiyadan keyin protezning holati kardiolog tomonidan muntazam kuzatuvlar bilan nazorat qilinadi.

Qabulga yozilish

Qabulga yozilishni koll-markazning telefon raqamlari orqali amalga oshirishingiz mumkin: +998 71 209 03 03 yoki +998 71 209 03 15 (Du–Sha, 8:30 dan 16:00 gacha) yoki saytning «Qabulga yozilish» formasidan foydalaning. Agar siz qaysi tekshiruv kerakligini bilmasangiz, kardiologga maslahat bilan boshlang — shifokor tekshiruv hajmini aniqlaydi.

Qabulga yozilish

Kardiolog maslahatiga yoziling

Ariza qoldiring — administrator qayta qo'ng'iroq qiladi, qulay vaqtni tanlaydi va qanday tekshiruvlar kerak bo'lishini aytib beradi. Qabulni xalqaro darajadagi shifokorlar olib boradi.

Onlayn yozilish