Shifokor haqida
Bo'lim mudiri, anesteziolog-reanimatolog shifokor
Choriyev Asliddin Asam o'g'li 28 noyabr 1992 yilda tug'ilgan. Kasb bo'yicha umumiy ish staji 6 yil 8 oyni tashkil qiladi. Anesteziologiya va reanimatologiya bo'yicha uchinchi malaka toifasiga ega.
Ta'lim:
- 2010–2017 yy. — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakultetida tahsil olgan.
- 2017–2020 yy. — Toshkent tibbiyot akademiyasi «Anesteziologiya va reanimatologiya» kafedrasida malaka oshirdi.
Kasbiy faoliyati:
- 2017–2018 yy. — shahar tez tibbiy yordam stansiyasining chaqiruv brigadasi shifokori, Respublika tez tibbiy yordam markazi.
- 2020–2021 yy. — Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy urologiya markazining reanimatsiya bo'limida anesteziolog-reanimatolog shifokor.
- 2021–2022 yy. — MChJ «Diatech Equipment Service» / «Medion Innovation» tibbiyot markazi anesteziologiya va reanimatologiya bo'limi anesteziolog-reanimatolog shifokori.
- 2022–2023 yy. — MChJ «Intertehnomed» anesteziolog-reanimatolog shifokori.
- 2023 yildan beri — klinika QK MChJ «American Hospital» anesteziolog-reanimatolog shifokori.
Malaka oshirish:
- 2022 y. — «Regionar anestesiya, intervension usullar bilan o'tkir va surunkali og'riq sindromlarini davolash», anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi, Shimoliy davlat tibbiyot universiteti.