Muntazam jismoniy yuklamalar shubhasiz yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun hayotda bo'lishi kerak.
⠀
Bugun biz siz bilan yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilash uchun mashqlar majmuasini baham ko'ramiz.
⠀
Aerobik yuklama — uzoq davom etuvchi ritmik faollik bo'lib, u katta mushak guruhlarini jalb qiladi va yurak-qon tomir tizimiga eng foydali ta'sir ko'rsatadi.
⠀
Bular:
- yugurish;
- tez yurish;
- skandinavcha yurish;
- velosipedda yurish;
- changida yurish;
- raqs;
- qayiqda eshkak esish;
- suzish;
- va hatto uy tozaligi ham.
⠀
Kuch ishlari (trenajyorlarda mashqlar, og'irlik bilan mashq qilish), turli mushak guruhlariga yo'naltirilgan bo'lib, bo'g'imlarda to'liq harakat doirasini saqlab qolish va mushak massasini saqlash hamda oshirishga qaratilgan.
⠀
Har bir kuch mashqi 2–3 yondashuvda 8–12 marta takrorlanishi kerak.
⠀
Neyromotor jismoniy yuklama muvozanat, harakatlarni muvofiqlashtirish va motor ko'nikmalarini yaxshilashga qaratilgan bo'lib, bu yiqilishlar va jarohatlash xavfini kamaytirishga yordam beradi.
⠀
Quyidagi faoliyat turlarini o'z ichiga oladi:
- tay-chi;
- pilates;
- yoga.
⠀
Sog'lig'ingizga e'tibor bering, biz sizga buning uchun yordam beramiz, shuningdek, bugundan boshlab biz oddiy rejimda ishlay boshlaganimizni eslatamiz.
⠀
Toshkent viloyati, Toshkent tuman, SSG Choshtepa, MSG Ikbol, ul. Ikbol, uy 14 ( Yunusobod 19 kvartal. Orientirlar: Restoran Zuxriniso va kafe Farrux Fayz )
⠀
Telefonlar:
71 209 03 03
71 209 03 15
⠀
Kanalimizga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/AAAAAEinhXc2TCNdHNtSdw
Material American Hospital yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, yangilangan sana: 08 Sentabr 2026.
Ma'lumot tanishish uchun berilgan va shifokor maslahati o'rnini bosmaydi — yurak bilan bog'liq shikoyatlar bo'lsa, kardiologga murojaat qiling.